Dibala Amerika kubogida ishtirok etmaydi
"Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala katta ehtimol bilan Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogida ishtirok etmaydi.
TNT Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “albasetlar” murabbiylar shtabi 25 yoshli futbolchini turinliklar safida muvaffaqiyatsiz mavsum o‘tkazgani uchun tarkibga kiritmaslikka qaror qilishgan.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar