
Dibala faqat bir shart bilan "Yuventus"da qolishi mumkin
"Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala yozda jamoadan ketish borasida hali aniq qaror qabul qilgani yo‘q.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli argentinalik futbolchi turinliklar safida faqat bir shart bilan qolishga tayyor. Unga ko‘ra agar mavsum yakunlangach bosh murabbiy Massimiliano Allegri jamoadan ketsa, Dibala “Yuve”da qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Dibala 2015 yildan buyon “Yuventus” safida to‘p surib kelmoqda. Unga "Real", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Inter" kabi grand klublardan qiziqishlar mavjud.
Foto: soccernews.ru
Fikrlar