Dibala jarohat oldi

  • 01.04.2019 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala jarohat oldi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli argentinalik futbolchi A Seriyaning 29-turi doirasida “Empoli”ga (1:0) qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan jigalyozdi mashg‘ulotlarida mushaklaridan jarohat olgan. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, uning jarohati jiddiy emas.

U katta ehtimol bilan ertaga chempionatning 30-turidan o‘rin olgan “Kalyari”ga qarshi safar bahsida turinliklarga yordam bera olmaydi. Ammo, hafta so‘nggida “Milan”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!