Dibala MYu yoki PSJga o‘tishi mumkin

  • 24.07.2019 14:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Paulo Dibala joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga “Manchester Yunayted” va PSJ qiziqish bildirmoqda.

“Qizil iblislar” argentinalik futbolchini Pol Pogba yoki Romelu Lukaku jamoani tark etgan holda sotib olishi mumkin.

Frantsiya chempioni esa Dibalani faqatgina Neymarni sotib yuborgan taqdirda xarid qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Dibala o‘tgan mavsum A Seriyada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!