
Dibala nega “Roma”ga o‘tganini bilaman!
“Yuventus”dagi etti yillik faoliyatini yakunlagan Paulo Dibala “Roma”ni tanladi. Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourino argentinalik yulduzni poytaxtlik “bo‘rilar” safiga qo‘shilishga ko‘ndirdi.
O‘z davrida “Roma”ni boshqargan taniqli murabbiy Klaudio Raneri Dibala nega poytaxt jamoasini tanlaganiga izoh berdi.
- Avvalo, Joze Mourino tabriklashni istayman. Bu transferda portugaliyalik mutaxassis o‘zining zalvorli gapini ayta oldi. Paulo Dibala “Roma”ni Joze Mourino shug‘ullantirayotgani uchun ham bu jamoani tanladi, - dedi Klaudio Raneri La Gazzetta dello Sport nashriga bergan interyusida.
“Roma” yangi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi g‘olibligi uchun kurashadi.
Fikrlar