Dibala PSJga o‘tishga juda yaqin turibdi

  • 12.08.2019 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Frantsiya chempioni argentinalik futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazgan. Unga ko‘ra parijliklar Dibalaga 5 yil ichida 60 mln evro maosh to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dibalaga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq, yakunda APL klublari uni sotib olisholmadi.

Ma’lumot uchun, Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida Italiya chempioni safida jami 182ta o‘yinda maydonga tushdi va 78ta gol hamda 30ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!