Dibala PSJga o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar katta ehtimol bilan joriy yozgi transferlar davrida jamoadan ketishi kutilayotgan Neymarga munosib o‘rinbosar qidirishmoqda. Klub rahbariyatining e’tibori esa aynan Dibalaga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dibala “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, yakunda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi.
Ma’lumot uchun, Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 10ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar