
Dibalaning goli "Yuventus"ga muhim ochkolarni keltirdi (video)
Shanba oqshomida Italiya A Seriyasida 27-tur o‘yinlari davom ettirildi. Amaldagi champion – “Yuventus” bu tur “Latsio”ga qarshi safarda bahs olib bordi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytib, “keksa sinora” 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi yagona golga Paulo Dibala mualliflik qildi. Quyida aynan uning goli va o‘yin davomida yuzaga kelgan boshqa qiziqarli vaziyatlar aks etgan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar