Dibalaning jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi

  • 28.02.2021 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi sport direktori Fabio Paratichi jamoaning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalaning jarohati haqida gapirdi.

“Dibala Barselona va Insbrukdagi mutaxassislar bilan maslahatlashdi va ularning fikrlari biz kutgandek salbiy emas. Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz”, - dedi Paratichi.

Bundan avvalroq Dibala tizzasidan operatsiya qilinishi mumkiniligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Dibala 10 yanvardan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum “Yuve” safida 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!