
Dibalaning kumiri kim bo‘lgan?
“Yuventus” klubi forvardi Paulo Dibala bolaligida qaysi futbolchining muxlisi bo‘lganini aytdi.
“Mening kumirim Xuan Rikelme bo‘lgan. Menga uning o‘yinlari, harakatlari, xotirjamligi va umuman u amalga oshirgan barcha harakatlari yoqardi”, - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar