
Dide Desham Frantsiyadagi kelajagi haqida gapirdi
Finalda mag‘lub bo‘lgan Frantsiya chempionlikni himoya qila olmadi. Ushbu chempionatdan keyin Dide Desham Frantsiyadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Murabbiyning o‘zi bu mish-mishlarga quyidagicha izoh berdi:
“Agar bugun g‘alaba qozonganimizda ham, bu savolga javob bermagan bo‘lardim. Kelasi yilning boshida prezident bilan uchrashaman. Keyin nima bo‘lishini bilib olasiz”, - dedi 54 yoshli mutaxassis.
“Jamoa qiyin holatga duch keldi. Bu jamoaga jismonan va psixolalik ta’sir qilgandir. Ammo men maydonga tushirgan futbolchilar 100 foiz tayyor edi. Bizda dam olish uchun atigi 4 kun bor edi”, - deya qo‘shimcha qildi Desham.
Ayni damda murabbiyning jamao bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etgan.
Fikrlar