Diego Kosta faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 7 fevral, 2022, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Kosta Rossiyaning ikki klubi e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.

Turkiyaning Ajansspor nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "Zenit" va "Krasnodar"dan taklif olgan. Biroq, uning asosiy maqsadi “Fenerbaxche”ga o‘tish hisoblanadi.

Kosta 2021 yilning avgustidan buyon “Atletiko Mineyro” klubida o‘ynab kelayotgan edi. Biroq u o‘tgan oy shartnomani bekor qildi va hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!