
Diego Kosta: O‘zimni yana futbolchi sifatida his qilayotganimdan xursandman
2017 yilning yozida “Chelsi” klubidan ketib, “Atletiko”ga o‘tgan, ammo qishga qadar o‘ynay olmagan Diego Kosta yana maydonga qaytdi.
Mahoratli hujumchi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Leyda” klubiga qarshi (4:0) o‘yinda maydonga tushdi. O‘yindan keyin u o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men baxtliman, chunki o‘zimni yana futbolchi sifatida qis qilyapman. “Atletiko” safida o‘ynash juda yoqimli. Klub men uchun muhim.
“Atletiko”dagi ikkinchi debyutim yaxshi chiqdi. Men yana maydonga qaytdim va gol urdim. Bu shunchaki fantastika”, – dedi Kosta.
Fikrlar