Diego Simeone: "Jamoani yangi oʻyinchilar bilan kuchaytirishni istayman"
"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Hozirgi holatimni bilaman va keyingi mavsumga to‘liq tayyor bo‘lishni istayman. Davom etaman. Jamoani yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirishni istardim. Natija murabbiylarga emas, balki o‘yinchilarga ko‘proq bog‘liq. Biz bu mavsumni munosib yakunlashni niyat qilganmiz", - deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "DAZN".
Simeone 2011 yil dekabridan beri Madrid klubining bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar