
Dilfuza Bekova uchun Osiyo chempionati yakunlandi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tyapti.
4-kunda, 63 kg dagi hamyurtimiz Dilfuza Bekova qozog‘istonlik Aida Abikeevaga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan to‘qnashuvda vakilamiz dastlabki raundda ustunlik qilganiga qaramay, 2-3-raundlarni boy berib, musobaqani tark etdi.
Ma’lumot uchun, oldinda bizni yana bir bokschimiz Navbahor Hamidova va tailandlik Janjaem Suvannapheng jangi kutmoqda.
Fikrlar