
Dilshod Rahmatov: "Eron xatolarni kechirmaydi"
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron uchrashuvi yakuniga etdi va unda hamyurtlarimiz mardonavor o‘yin ko‘rsatib, 8:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng jamoamiz etakchisi Dilshod Rahmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
"Biz xalqimizni va mana shu erga tashrif buyurgan muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Bor kuchimiz bilan harakat qildik. O‘ylaymanki, bu Jahon Chempionatidagi oxirgi o‘yinimiz emas. Xudo xohlasa, keyingi Mundialda yoshlarimiz bilan bundan ham yaxshi natija qayd etishiga harakat qilamiz.
Yigitlarga rahmat. Atmosfera juda ajoyib bo‘ldi. Ishqibozlarga ham alohida tashakkur! Uchrashuv juda ham og‘ir bo‘ldi. Himoyada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bilasiz, Eron bu kabi xatolarni kechirmaydi. Shuningdek, biz ham raqibning xatolaridan maksimal foydalandik, deb o‘ylayman. Katta rahmat! "Cpasibo"! "Thank you very much"!", - dedi Rahmatov.
Fikrlar