Dilshod Ro‘zmetovning finaldagi raqibiga ikki xonali uy taqdim etildi
Rossiyada bo‘lib o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik bokschi Bekzat Nurdauletovga Aktau markazidan ikki xonali kvartira taqdim etilgan . Bu haqda "Mangistau TV" xabar bermoqda.
Yangi chempion va uning murabbiyi Marat Jakiev Mangistau viloyati hokimi Serikbay Trumov qabulida bo‘lishdi.
Bokschining birinchi murabbiyiga uch million tenge, uning hozirgi ustozi Marat Jakievga esa besh million tenge mukofot tarzida berilgan.
“Qozog‘istonlik kualda” boks bo‘yicha 2019 yilgi Jahon chempionatining asosiy sensatsiyasining sababchilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz: Nurdauletov 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan edi. U finalda hamyurtimiz Dilshod Ro‘zmetov bikan bahs olib borib, Qozog‘iston delegatsiyasiga yagona oltin medalni keltirgan.
Manba: Westi.kz

Fikrlar
Бизни азамат баходирларимиз хеч нарсадан умидвор булмасдан факат Ватан у/н ва уз халки обру-э'тибори, гурури у/н жон куйдириб жанг килишди ва буни уддасидан чикишди хам.
Уларни мехнатлари хам Ватанимиз, халкимиз томонидан муносиб рагбарлантирилишига шубха йук албатта.
Улар бунга муносибдирлар.