
Dilshodbek Ro‘zmetov "Stranja" turniri finaliga chiqdi. U so‘ngi jangda rossiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Bolgariyada davom etayotgan “Stranja” turnirining yarim final bahsida yana bir yurtdoshimiz o‘z jangini o‘tkazdi. -81 kg vazn toifasida turnirda ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ukrainalik Maksim Kotsga qarshi ringga ko‘tarildi.
Dastlabki raundlardan ustunlikni o‘z qo‘liga olgan hamyurtimiz hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, 5J hisobida zafar quchdi va finalga yo‘l oldi.
Uni finalda rossiyalik “pancher” Ruslan Kolesnikov kutib turibdi. Mazkur hal qiluvchi jangda ham yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar
Тушунтириб беринглар