
"Dinamo" 3-braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Dinamo" jamoasi braziliyalik Markos Kaykni PFL ro‘yxatidan o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
20 yoshli braziliyalik vinger kuni kecha "Dinamo" jamoasining Toshkentda o‘tkazayotgan yig‘iniga kelib qo‘shildi. Klub va Markos Kayk o‘rtasida 2025 yilning yakuniga qadar belgilangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan. Braziliyalik legioner "Dinamo" safiga "Betim" klubidan erkin agent sifatida qo‘shildi. U joriy mavsumning birinchi davrasini Braziliya "S" Seriyasining "Pozu-Alegri" klubida o‘tkazib, 3 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Shu tariqa, Ratino, Duglas Maykondan keyin Markos Kayk jamoamizdagi 3-braziliyalik legionerga aylandi.
Fikrlar
Saviyasiz brazilislar !