
"Dinamo" Botirali Ergashevni Superliga klubiga ijaraga berdi
«Dinamo» klubi darvozaboni Botirali Ergashev 2020 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasidan oldin Samarqand jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Botirali Ergashevga yangi mavsum oldidan bir qator klublardan taklif tushdi, muzokaralardan keyin posbon «Dinamo» klubi tomonidan 1 yillik ijara asosida «Qo‘qon-1912» jamoasiga berildi. Osiyo chempioni sanalmish 24 yoshli darvozabonning transfer huquqi «Dinamo» klubida qoladi.
Ma’lumot uchun, Botirali Ergashev 2019 yilgi mavsumda «Dinamo» safida 22 o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, Superliganing o‘tgan mavsumida eng ko‘p – 55 marta seyv amalga oshirgan darvozabon bo‘ldi.
Fikrlar