
"Dinamo" Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga qarshi oxirgi 5 o‘yinda qanday natijalar qayd etgan?
"So‘g‘diyona" 2-turda o‘z uyida Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. Klub matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar tarixidan ma’lumot berdi.
"So‘g‘diyona" hamda "Dinamo" shu vaqtga qadar 40 marotaba kuch sinashishgan. Shundan 18 bor "Dinamo", 14 marotaba "So‘g‘diyona" G‘alaba qozongan. Qolgan 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar farqi "Dinamo" foydasiga 59-43. Jizzaxliklarning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Dinamo"ning eng yirik g‘alabasi 0:4. "So‘g‘diyona" 40 uchrashuvda 50 ochkoga erishgan bo‘lsa. Samarqandliklar 62 ochkoni qo‘lga kiritgan.
O‘yinni Rahimbek Karimov boshqaradi. Shuningdek, uchrashuvda VAR ishlaydi. Bellashuv 18:30da boshlanadi.
Jizzaxda bo‘lgan 5 uchrashuv natijalari bilan tanishing:
29.10.2019. "So‘g‘diyona" - "Dinamo" 3:0
30.09.2017. "So‘g‘diyona" - "Dinamo" 0:0
01.10.2015. "So‘g‘diyona" - "Dinamo" 1:2
29.03.2014. "So‘g‘diyona" - "Dinamo" 1:3
26.05.2013. "So‘g‘diyona" - "Dinamo" 4:3
Fikrlar