"Dinamo" katta murabbiyi: Superligada qolishni uddalaymiz

  • 20.09.2019 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Dinamo” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayzievning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli, uchrashuvdan keyin “Dinamo” katta murabbiyi Rafael Balasanyan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Yigitlar imkonqadar bor kuch va imkoniyatlarini sarflab, maydonda borlarini berishdi. Bu borada ularga hech qanday e’tiroz yo‘q. Afsuski, biz mahorat bobida “Andijon” jamoasiga yutqazdik.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin bu o‘yinda qanday rejalar qilingandi?

- O‘yinni hujumkor boshlab, har qanday holatda ham birinchi golni urishimiz kerak edi. Himoyada bexato o‘ynab, tartibli o‘yin bilan hujumlarni yakunlashimiz lozim edi. Afsuski, rejalarimiz amalga oshmadi.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlar, oldinda esa 6 ta tur qoldi. Mavsum yakuni sari jamoaning holati qiyinlashmoqda...

- Umid qilamanki, biz Superligada qolishni uddalaymiz. O‘ylaymanki, ligada qolish yoki qolmaslik birovning emas, o‘z qo‘limizda bo‘lib turibdi. Shunday ekan, oxirigacha kurashishda davom etamiz. Oldinda muhim bahslar bor, biz oxirigacha kurashishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
20/09/2019 21:21
Динамо мухлислари хафа булманглар уйин чиройли лекин натижа йук фаргона мухлиси
&
Surxon turon
20/09/2019 20:41
Шу кетишда бӯса гӯрам бӯмийсанлар
Shaxriyor Xolmamatov
20/09/2019 20:49
Og'zinga qarab gapir
&
Surxon turon
20/09/2019 21:06
Хохлайсанми йӯқми бу хақиқат