"Dinamo" klubi legioner futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 29 aprel, 2022, 18:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumi oldidan "Dinamo" jamoasi safiga qo‘shilgan bosniyalik hujumchi Aleksandar Glishich klub bilan kelishuvini to‘xtatdi.

Tecno

"Dinamo" PFK va legioner futbolchi o‘rtasidagi shartnoma rasman o‘zaro ikki tomonlama bekor qilindi. 

Bu borada futbolchining o‘zi ham instagramdagi sahifasida ma’lum qilib, "Dinamo"ga omad tiladi:

"Dinamo" bilan amaldagi kelishuvni o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildim. Klubning keyingi ishlariga omad tilab qolaman", - deya yozadi Glishich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!