"Dinamo" klubi yana bir serbiyalik murabbiy hamda ukrainalik legioner bilan shartnoma tuzdi

  • 14 yanvar, 2022, 18:02
  • 0
  • Futbol

“Dinamo” klubi yangi bosh murabbiy Predrag Rogan boshchiligida mashg‘ulotlarga kirishishgan. Hozirda jamoa Rogan qo‘l ostida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, 47 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolangan.

Shuningdek, klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bosh murabbiyning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham shartnoma imzolandi.

dinamo4

So‘nggi yillarda Serbiya yoshlar jamoasida (U-19) murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ivan Yevich “Dinamo” klubida Predrag Roganga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. 46 yoshli mutaxassis ham jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Bundan tashqari, tarkibga yangi ijrochilar ham qo‘shilmoqda. Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi safiga Evgeniy Chumak kelib qo‘shildi. Ukrainalik 26 yoshli yarimhimoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi.

dinamo3

Evcheniy Chumak Kievning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, “Dinamo” (Kiev) asosiy tarkibida 2 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, faoliyati davomida “Goverla” (Ukraina, 2015), “Torpedo-BelAZ” (Belarus, 2016), “Karpati” (Ukraina, 2016), “Dnepr” (Mogilyov, 2017), “Desna” (Ukraina, 2018), “Bunyodkor” (O‘zbekiston, 2019) va “Metallurg” (O‘zbekiston, 2020) kabi klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” klubi 5 yanvardan buyon Samarqandda yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda. Klub 30 yanvarga qadar o‘z qarorgohida mashg‘ulot olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!