
"Dinamo" legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi safiga Mixaylo Yovanovich kelib qo‘shildi. Serbiyalik 32 yoshli markaziy himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U Samarqand jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Mixaylo Yovanovich faoliyati davomida «Mladost» (Serbiya), «Sloga» (Serbiya), «Karvina» (Chexiya), «Zbroyovka» (Chexiya), «Vojdovats» (Serbiya), «Neman» (Belarus), «Taraz» (Qozog‘iston, 2019), «Indjiya» (Serbiya, 2020) va «Alashkert» (Armaniston) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, so‘nggi 2021 yilda Erevanning «Alashkert» klubi safida Armaniston chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar