«Dinamo» Marat Bikmaev bilan shartnoma imzoladi (Foto)

  • 19 iyul, 2022, 14:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik olib borayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

«Dinamo» klubi bugun, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik nomdor hujumchi Marat Bikmaev bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq a’zosi, 36 yoshli forvard mavsum yakuniga qadar jamoa sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Marat Bikmaev so‘nggi yillar davomida Toshkentning «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublari sharafini himoya qilib, O‘zbekiston chempioni, kubogi va superkubogi sohibi bo‘lgan. Joriy mavsumning dastlabki qismini esa Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi safida o‘tkazib, OFK kubogida maydonga tushdi.

Tajribali hujumchi «Dinamo»ning Chirchiqdagi mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

photo_2022-07-19_14-09-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!