"Dinamo" markaziy o‘yinda uch nafar etakchisidan foydalana olmaydi

  • 11.09.2021 13:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro-liga 18-turi doirasidagi markaziy o‘yinlardan biri Samarqandda “Dinamo” va “Olimpik” o‘rtasida kechadi.

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, 12 sentyabr kungi bahs oldidan “Dinamo” jamoasi tarkibida uchta yo‘qotish mavjud. Jamoaning tajribali hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov sariq kartochkalari soni 4 taga etgani bois, bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani tufayli maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, tajribali himoyachilar - Komil Sharofutdinov va Jasur Hasanov jarohati bois “Dinamo”ga yordam bera olmaydi.

“Olimpik”ga qarshi Kubok bahsida qizil kartochka olib maydonni tark etgan Muhammadqodir Hamraliev esa bu bahsda maydonga tusha olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” – “Olimpik” o‘yini yakshanba kuni soat 18:20 da boshlanadi. O‘yinga tomoshabinlar kiritilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!