"Dinamo" sloveniyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi yana bir transferni e’lon qildi.
"Dinamo" PFK 2026 yildgi yangi mavsum oldidan navbatdagi yangi legioner bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qiladi.
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan jamoamiz safiga Til Mavretić kelib qo‘shildi. 28 yoshli sloveniyalik yarimhimoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mavretić so‘nggi uch mavsumni Estoniya futboli grandi "Levadia" safida o‘tkazib, chempionat, kubok, YEChL va Yevropa Konferensiya ligasi saralash bahslarida jami 102 o‘yinda o‘yinda maydonga tushgan. Xususan, so‘nggi 2025 yildgi mavsumda 30 o‘yinda 2ta gol va 3ta assist qayd etgan.
Markaziy yarimhimoyachi faoliyati davomida Sloveniyaning "Interblok", "Goritsa", "Tabor Sezana", Italiyaning S Seriyasi vakili "Monopoli" klublarida ham faoliyat yuritgan. Ishonamizki, Til Mavretić Samarqanddagi faoliyatida jamoamiz bilan tarixiy g‘alabalarga erishadi", - deya xabar berdi klub matbuoti xabarida.

Fikrlar