"Dinamo" so‘nggi marta qachon mag‘lub bo‘lganini bilasizmi?

  • 3 sentabr, 2023, 20:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" – joriy mavsumda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa.

Tecno

O‘zbekiston kubogi yarim finaliga yo‘llanma olgan "Dinamo" jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda.

Samarqand jamoasi kubok chorak finali doirasida "Olimpik"ni mag‘lub (4:3) etib, yarim finalga yo‘llanma olish bilan birga O‘zbekiston chempionati va kubogi doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 21ta o‘yinga etkazdi.

Pro liga ishtirokchisi sanalmish Vadim Abramov shogirdlari so‘nggi marta 2022 yil Superliga doirasida 3 noyabr kuni Qarshida "Nasaf"ga mag‘lub (0:1) bo‘lgandi va hozirga kelib "Dinamo" jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi 10 oyga etdi. Ko‘hna shaharliklar 21 o‘yinning 15tasida g‘alaba, qolgan 6tasida durang qayd etgan. "Dinamochilar" Pro ligada ham mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!