"Dinamo" "Zenit"ga yirik hisobda yutqazdi

  • 21 yanvar, 2024, 19:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi Abu-Dabidagi yig‘in davomida nomdor klublarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarda maydonga tushishda davom etmoqda.

Bugun samarqandliklar "Zenit" klubiga qarshi maydonga tushdi.

"Dinamo" jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Yagudin, Abdullaev, Sokol, Miyich, Mustafoev, Temirov, Narx, Iminov, Ikromov, G‘afurov, Hojimirzaev.

Ushbu o‘yinda Sankt-Peterburg klubi g‘alabaga erishdi – 5:1. «Dinamo»ning yagona goli Anvar Hojimirzaev hisobiga yozildi, yana bitta penaltidan Husniddin G‘ofurov foydalana olmadi. "Zenit"dan esa Fernandes, Vendel, Mostovoy, Vasilev va Pedro gol muallifiga aylandilar. 

Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha o‘yinchilarni maydonga tushirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
21/01/2024 19:48
Эсиз ДИНАМО