"Dinamo"ga yangi murabbiy tayinlandi. Unga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi yuklatildi

  • 15 yanvar, 2021, 18:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Klub rahbariyati bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazib, bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Bugun, 15 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Hakim Qayumovich oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi yuklatildi.

Murabbiy bilan bir yillik shartnoma imzolanib, Superligaga chiqish vazifasi bajarilgach shartnoma uzaytiriladi. Bosh murabbiyga bungacha klubda faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislar Jasur Hamroev va Dilshod Sharofutdinov yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Shuhrat Murodov ishlashda davom etadi.

Hakim Fuzaylov «Dinamo» uchun begona emas. 56 yoshli mutaxassis 2000-2002 yillar davomida Samarqandda faoliyat yuritgan va murabbiy sifatida jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga hissa qo‘shgan.

Ma’lumotnoma:

Hakim Qayumovich Fuzaylov

Tug‘ilgan yili: 1964 yil, 12 avgust kuni

Tug‘ilgan joyi: Tojikiston, Dushanbe shahri.

Fuqaroligi: Rossiya

Futbolchilik faoliyatida to‘p surgan klublari:

1982-1983 yillar - «Paxtakor» (Qo‘rg‘ontepa, Tojikiston)

1986-1992 yillar - «Pomir» (Dushanbe)

1992-1995 yillar - «Lokomotiv» (Moskva)

1995-1997 yillar - «Arsenal» (Tula, Rossiya).

1992-1996 yil – Tojikiston milliy jamoasi.

Murabbiylik faoliyati:

1998-1999 yillar - «Buxoro»

2000-2002 yillar - «Dinamo»

2003 yil - «Andijon»

2004 yil - «Titan» (Rossiya)

2005 yil - «Lokomotiv» (Kaluga, Rossiya)

2005-2009 yillar - «Rostov» (Rossiya), yordamchi murabbiy

2009-2011 yillar - «Lokomotiv» (Rossiya), selektsioner murabbiy

2012-2014 yillar - «Lokomotiv» (Toshkent)

2015 yil - «Terek» (Rossiya) selektsioner murabbiy

2016-2018 yillar – Tojikiston milliy jamoasi

2018-2019 yillar - «Istiqlol» (Dushanbe)

2020 yil - «Ko‘ktosh» (Tojikiston)

2020 yil - «Xo‘jand» (Tojikiston).

2021 yildan «Dinamo» bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!