
"Dinamo"ning dastlabki yig‘ini yakuniga etdi
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni birinchilardan bo‘lib boshlagan "Dinamo" jamoasi Samarqanddagi ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi.
Vadim Abramov qo‘l ostida 4 dekabrdan boshlangan mashg‘ulotlarda murabbiylar shtabi tarkibdagi o‘yinchilarning jismoniy holatini tiklash bilan birga mahalliy jamoalarga qarshi nazorat o‘yinlarida bir qator yosh o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishdi.
Tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, "Dinamo" ikkinchi yig‘inni Toshkentda o‘tkazadi. Poytaxtdagi mashg‘ulotlar 20-28 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Unda bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazilishi belgilangan.
Yangi yil bayramidan keyin "Dinamo" Toshkentdagi yig‘inni davom ettirishi, tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shilishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkillashtirish ham belgilangan. Bu borada batafsil ma’lumot beriladi.
Fikrlar