"Dinamo"ning yangi bosh murabbiyi - Predrag Rogan!

  • 7 yanvar, 2022, 20:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligaga qaytgan “Dinamo” klubida ham e’tiborga molik o‘zgarishlar yuz beryapti.

Tecno

Sports.uz sayti orqali jamoaga serbiyalik Predrag Rogan ustozlik qilishi va uning Samarqandga qachon kelishi haqida ham xabar bergandik. Yakunda barchasi o‘z tasdig‘ini topdi.

Tomonlarning o‘zaro kelishuvidan keyin Rogan “Dinamo” klubi bilan shartnoma imzoladi. Rogan “Dinamo” bilan shartnoma tuzganini Sports.uz muxbiriga tasdiqladi.

Uning oxirgi klubi Serbiyaning “Vojdovats” jamoasi bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, unga murabbiylar shtabida yana bir serbiyalik – Ivan Yevich yordam beradi.

Tarkib esa kuchaytirilyapti. Ayni paytda yangi futbolchilar bilan muzokaralar davom etyapti. Kuni kecha saytimiz orqali serbiyalik posbon yangi mavsumni “Dinamo”da boshlashi haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, undan tashqari yana ikki nafar legioner ham samarqandliklar safiga qo‘shiladi. Biri hujumchi, yana biri markaziy himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!