Diomandening "Real"ga transferi nega kichikyapti?

  • 02.08.2026 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyada faoliyat yuritayotgan mashhur jurnalist va insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kot-d’Ivuar terma jamoasi vingeri Yan Diomandening «RB Leyptsig»dan «Real»ga o‘tishi nega kechikayotgani haqida ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, «RB Leyptsig» hozircha «Real»ning Diomande  bo‘yicha so‘nggi taklifiga javob qaytarishni istamayapti. Shu bois madridliklar hali rasmiy ravishda yangilangan taklif yubormagan. Klublar transfer summasi yuzasidan kelishuvga erisha olmayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, muzokaralar to‘xtab qolgani yoki bitim bekor bo‘lgani yo‘qligi alohida ta’kidlanmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Yan Diomande «Real»ning yangi futbolchisiga aylanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytilishicha, transfer qiymati 100 million evroni oshib ketadi, klublar esa muzokaralarning yakuniy bosqichida turgani qayd etilgan. Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, «RB Leyptsig» shu paytgacha «Real»dan kelgan 100 million va 115 million evro miqdoridagi ikki taklifni rad etgan.

Yan Diomande «RB Leyptsig» safini 2025 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U 2025/2026 yildgi mavsumda jamoa tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt internet-portali bahosiga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 90 million evroga teng. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to‘rt yilga mo‘ljallangan. Yaqinda o‘tkazilgan jahon chempionatida esa Yan to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, bir golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!