Diyor Imomxo‘jaev: "Agent - o‘rtaga dalolga o‘xshab kiradigan va yo‘q joydan pul qiladigan odam"

  • 7 avgust, 2024, 09:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.uz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yangi "Anomal futbol" nomli podkastimizning bu songi mehmonlari UzPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev va futbolchilar uyushmaisi rahbari Kamoliddin Murzoevlar bo‘ldi. Suhbat jarayonoida Imomxo‘jaev agentlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Agent - o‘rtaga dalolga o‘xshab kiradigan va yo‘q joydan pul qiladigan odam. Men ularni kerakmas, demayman. Baribir ko‘p futbolchimizni katta klublarga o‘tishida agentlar katta ro‘l o‘ynaydi, lekin biz ularni futbolchilarning xo‘jayni bo‘lib olmasligiga harakat qilamiz. Shunaqalari bor, futbolchiga klubdan tashqari o‘zi investitsiya kiritadi. Qonun-qoida, reglament bilan ishlaydiganlariyam bor. "Tupa" futbolni tushunib olib, futbolchilarni oyligiga sherik bo‘lib olayotgan "boqimanda agentlar ham borda. Eng yomon ta’siri shunday bo‘lishi mumkin: Sizga "Manchester Yunayted"dan 5 million maoshga taklif bor va aytaylik Mog‘ulistondan taklif chiqyapti 50 million oylikka. Bu erda futbolchi agent aytgan joyga ketadi. U esa qaysi joyni tanlashi aniq". 

Podkastda shu va boshqa mazular ham ko‘tarilgan. Ushbu videoni You Tube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.  

https://youtu.be/GNBieLLHnAI?si=_DgAuyW-JLl-nEk2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!