Diyor Imomxo‘jaev AGMKning g‘alabasi haqida gapirdi
O‘zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida AGMKning tarixiy g‘alabasiga atab post qoldirdi:
"Va nihoyat, klubimiz Chempionlar Ligasida zafar quchdi. AGMK har uchala o‘yinda so‘nggi soniyalarga qadar kurashdi va oxiri maqsadga erishdi.
Jaloliddin Masharipov, Aziz G‘aniev, Odil Hamrobekov kabi yigitlarimiz to‘p surayotgan "Shabab Al-Ahli" klubini bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Mahdiy Ali boshqarib boradi. Yodingizda bo‘lsa, 2012 yilda u boshchilik qilgan Amirlik olimpiyachilari "Jar" stadionida mo‘jiza ko‘rsatib, Vadim Abramov boshqaruvidagi olimpiyachilarimizga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirgan va yakunda Londonga chipta yutib olishgandi.
Oradan 9 yil o‘tib, O‘zbekiston klubi shunga o‘xshash kambek bilan javob bermoqda", - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar