Diyor Imomxo‘jaev: "Nasaf" OFK kubogida o‘ynashi uchun AGMK bugun g‘olib chiqishi kerak
Bilasiz, bugun AGMK OChL saralash bosqichida Qatarning "Al-Garafa" jamoasi bilan safarda o‘ynaydi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev ushbu o‘yin haqida "Telegram" kanalida post qoldirdi.
"Bugun AGMK Chempionlar ligasi guruh bosqichi yo‘lida Qatarning "Al-Garafa" klubiga qarshi saf tortadi.
Raqib jiddiy. Tarkibida bir qator yulduzlari bor. Qolaversa, ularning mezbon ekanligi ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin. Shunga qaramay ishonamizki, AGMK bugungi uchrashuvni o‘z foydasiga hal qila oladi.
Bugun AGMK uchun nafaqat barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislari, balki alohida klublar ham muxlislik qiladi. Masalan, "Nasaf" OFK kubogida o‘ynashi uchun AGMK bugun g‘olib chiqishi kerak. "Zomin" va "Rubin" klublari O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida to‘p surishi uchun ham AGMK bugun yutishi lozim"

Fikrlar