
Diyor Imomxo‘jaev "Navbahor" muxlislari uzoq kutgan xabarni e’lon qildi
Mavsum avvalida "Navbahor" o‘z tarkibiga Zoran Marushichni qo‘shib olgandi. Ammo serbiyalik hujumchining sobiq klubi bilan muammolari bor edi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jaevning aytishicha, masala ijobiy hal etilgan:
"Bizdagi ma’lumotga ko‘ra FIFA "Navbahor" futbolchisi Zoran Marushichning sobiq klubi "Dinamo" Tbilisi bilan kelishmovchiligi bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Garchi birinchi bo‘lib klub futbolchining ustidan shikoyat yozgan bo‘lsa-da, yakunda FIFA futbolchi tomonidan berilgan arizani qanoatlantirgan".
Fikrlar