
Diyor Imomxo‘jaev: Ular o‘z muxlislarini aldashadi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev “Buxoro” klubi va u erdagi vaziyat haqida gapirdi.
“Buxoroga qaytayotgan Usmon Toshev bilan ko‘rishib, gaplashib oldik. Futbolni tushunadigan mutaxassisning kelishi birinchi yaxshi qadam.
So‘nggi 1 yilda ishlagan insonlar shaxsiyatini hurmat qilib aytamanki, ular Buxoro futboliga hech narsa berishmadi, faqatgina muammolarini ko‘paytirishdi xolos. Ular natija uchun aybdor sifatida hakamni, boshqa hamma narsa uchun O‘zPFLni ro‘kach qilib, o‘z muxlislarini aldashadi va fitnaga sabab bo‘lishadi. O‘zPFL Buxoroda futbol qayta jonlanishidan va ko‘hna shahar jamoasi chempionlik uchun kurashishidan doim manfaatdor. Biz shunchaki o‘z talablarimizni qat’iy qo‘yamiz. Hozir bahona qiladigan emas, ishlaydigan vaqt”, - dedi Imomxo‘jaev.
Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” 10 ta uchrashuvdan so‘ng Pro-liga musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Neftchi” hisobida 22 ochko mavjud.
Fikrlar