
Dominikan Respublikasida ham keyingi bosqich uchun imkoniyat mavjud, bizda esa yo‘q!
"Parij-2024" doirasida O‘zbekiston - Misr bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.
11-daqiqada Hamraliev tepgan to‘p Ahmed Kokaga tepgan holda darvozamizga kirib ketdi. Hamyurtlarimiz shundan so‘ng ketma-ket hujumlarga o‘tdi. Hususan, Eldor Shomurodovda bir qancha vaziyatlar bo‘ldi, Jasur Jalollidinov uzoqdan zarbalar yo‘lladi. Biroq raqib darvozasi ishg‘iol qilinmadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnir bilan xayrlashdi. Keyingi turda Dominikanga qarshi o‘ynaymiz va bu shunchaki rasmiyatchilik bo‘ladi.
Ayni vaqtda terma jamoamizning guruhida vaziyat mana bunday:
Qayd etish lozim, Ispaniya terma jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi. Faqatgina ularning birinchi yoki ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi masalasini hozircha ochiq. Misr terma jamoasi esa guruhdan chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Ular so‘nggi turda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lmagan taqdirda guruhdan chiqish missiyasini uddalaydi. Bundan tashqari, Dominikanning ochko yo‘qotishi ham Misrga har qanday holatda keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etadi.
Dominikan Respublikasi so‘nggi turda O‘zbekistonni taslim etsa va Ispaniya Misrni yirikroq hisobda yutadigan bo‘lsa, unda Misr guruhda qolib ketishi ehtimoli bor.
Faqatgina bir terma jamoa - aniqrog‘i vakillarimizda har qanday hisobda g‘alaba qozonsa ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Dominikan Respublikasi o‘rtasidagi bahs 30 iyul kuni 18:00da start oladi. Shuningdek, Misr hamda Ispaniya o‘rtasidagi bellashuv ham shu kuni termamizning o‘yini bilan parallel tarzda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar