Doniyor Abdumannopovning yangi mavsumni qaysi klubda o‘tkazishi ma’lum

  • 24.12.2022 18:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” tarkibida yanada kuchaytirilayotganidan xabaringiz bor. Yangi o‘yinchilar bilan kelishuvlarga erishilyapti. Qolaversa, joriy mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilgan hamda shartnomasi tugagan o‘yinchilar bilan ham yana hamkorlikni davom ettirish yuzasidan muzokaralar davom etyapti.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” iste’dodli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov bilan yangi shartnoma imzoladi. Endilikda futbolchi 2023 yilgi chempionatda ham namanganliklar uchun to‘p surishda davom etadi.

Doniyor Abdumannopov 2022 yilni “So‘g‘diyona” bilan “Navbahor” jamoalarida o‘tkazdi. Jizzaxliklar safida 11 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan bo‘lsa, “Navbahor”da 12 ta bellashuvda maydonga tushib bir bor gol urishga erishdi.

Tez orada Abdumannopov bilan uyushtirilgan suhbatni Sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!