Donnarumma: "2021 yilgi mo‘jizaviy oqshomni yana bir bor takrorlamoqchimiz"

  • 14 iyun, 2024, 20:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi posboni va sardori Janluijji Donnarumma shanba kungi "Evro 2024" turniridagi Albaniyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz 2021 yil yozidagi mo‘jizaviy kechani yana bir bor takrorlashni xohlaymiz. Albatta, oradan uch yil vaqt o‘tdi, ammo ayni damga kelib, jamoa tarkibi va potentsiali yana bir bor titulni qo‘lga qiritishga qodir. Men jamoadoshlarimning kuchiga ishonaman. Vaziyatlardan ham maksimum foydalana olamiz".

Albaniya haqida: "Biz nisbatan qiyinroq guruhdan joy oldik. Albaniyaga keladigan bo‘lsak, bu terma bilan 90 daqiqa faol o‘ynashimiz kerak, yo‘qsa ular qarshi hujumda bizni jazolashi mumkin. Biz raqiblarimizni anchagiga o‘rganib chiqdik va shuni aytolamanki, o‘yinning oxirgi qismida ular tempni oshira oladi. Ayni damga kelib, Albaniya termasi hujumida bir qancha taniqli va individiual jihatdan tezkor futbolchilar to‘p tepadi. Guruhda shov-shuv ko‘tarishga qodir jamoa. Raqiblarimizni hurmat qilamiz hamda g‘alaba uchun harakat qilamiz", - dedi Donnarumma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!