Donnarumma g‘alabali seriyaga qaytib olishning yagona yo‘li haqida gapirdi

  • 7 iyun, 10:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash o‘yinida Norvegiyaga (0:3) hisobida engildi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoaning etakchi futbolchisi Janluiji Donnarumma o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Aytadigan so‘z topolmayapman. O‘yinimizni yaxshilashimiz shart - muxlislarimiz bunday natijaga loyiq emas. Biz o‘zimizni anglashimiz va bu vaziyatni birgalikda engib o‘tishimiz kerak. 
 
Biz Italiya bo‘lganimiz uchun o‘zimizda kuch topishimiz lozim. Bunday o‘yinlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, har bir o‘yinchi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi shart. 
 
Biz har qachongidan ham jipslashgan bo‘lishimiz kerak. Bu bizga juda zarur"
- deya ta’rif berib o‘tdi PSJ darvozaboni. 
 
Eslatib o‘tamiz, Italiya navbatdagi uchrashuvini 9 iyun kuni Moldaviyaga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!