Donnarumma noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 27 may, 2019, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarumma jiddiy jarohat oldi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda 20 yoshli posbon kecha A Seriyaning so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan SPALga (2:3) qarshi bahsda shikastlangan. Uning qachon safga qaytishi esa hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Donnarumma joriy mavsum “Milan” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 32ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!