
Donnarumma PSJ da qaysi raqamni tanladi? (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 22 yoshli posbon yangi jamoasida 50-raqam ostida harakat qiladi. Aytish kerakki, u "Milan"da 99-raqamni tanlagan edi.
Donnarumma PSJ safiga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shildi. Boisi uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi o‘tgan oy o‘z nihoyasiga etgan edi.
Italiya terma jamoasi bilan “Evro-2020”da zafar quchgan va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan Janluiji “Milan” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 215 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 227 ta gol o‘tkazib yuborgan.
PSJ yangi mavsumning ilk rasmiy bahsini 1 avgust kuni mamlakatning amaldagi g‘olibi “Lill”ga qarshi Superkubok uchun o‘tkazadi.
Fikrlar