Donnarumma “Siti” darvozasini “tortib” olmoqchi

  • 21.08.2025 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Pari Sen-Jermen” va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirish imkoniyatidan mamnun ekanini bildirdi.

26 yoshli golkiper “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashga tayyorligini ta’kidlamoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Donnarummaning “Manchester Siti”ga o‘tishga chorlayotgan asosiy omil bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan ishlash imkoniyatidir.

Ayni paytda futbolchi manchesterliklar bilan shaxsiy shartnomasini kelishish arafasida, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.

2021 yilning dunyodagi eng zo‘r darvozaboni, dab topilgan Donnarumma o‘sha yilning yozida “Milan”dan PSJga o‘tgan edi. Shu paytga qadar u jami 161 ta uchrashuvda qatnashib, shulardan 56 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!