
Donnarummani mag‘lub etadigan mard bormi?
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyati davomida biror marta ham penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
22 yoshli posbon shu kungacha jami 5 ta penaltilar seriyasida ishtirok etgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Donnarumma ushbu seriyalarning 3 tasida "Milan", 2 tasida Italiya terma jamoasi futbolchisi sifatida qatnashgan.
Janluijining so‘nggi qahramonligi "Skuadra Adzurra"ga “Evro-2020” g‘olibligini olib berdi. Donnarummaning o‘zi esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Donnarummaning “Milan” bilan imzolagan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etdi. U ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar