Do‘smatov barcha raundlarda hindistonlik raqibidan ustun keldi

  • 27 may, 12:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Bugun ham bokschilarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.

-55 kg da ringga ko‘tarilgan Faryozbek Do‘smatov hindistonlik Bartval Pavanga hech qanday imkon qoldirmadi. Barcha raundlarda faol harakat qilgan hamyurtimiz yakunda 5:0 hisobida ustunlikka erishdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimiz Farzona Fozilova va Indoneziya vakilasi Merlin Tomatala to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!