Doston Abdulhaev: "Qizilqum” "chaqilmas yong‘oq!"

  • 27 sentabr, 11:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 23-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi  uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Doston Abdulhaev bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu safargi raqibimiz “Qizilqum” “chaqilmas yong‘oq”. Shu bois, bo‘lajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, mazkur o‘yinda yangi bosh murabbiy Sherzod Hamidovich Jo‘raev qo‘l ostida maydonga tushamiz va uning debyut uchrashuvida ijobiy natijani qayd etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. 

Shuningdek, avvalgi o‘yinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, “Qizilqum” bilan bo‘ladigan bahsda g‘alaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz.    
Ishqibozlardan esa jamoamizni shunday qiyin kunlarda yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz, - dedi Doston Abdulhaev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!