
Doston Hamdamov Superligaga qaytmoqda (video)
O‘tgan mavsumni BAA chempionati "Hatta" jamoasi safida ijarada o‘tkazgan yarim himoyachi Doston Hamdamov "Paxtakor"ga qaytdi.
Futbolchi qishda erkin agent maqomida Dubayning "Al-Nasr" jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi. Keyinchalik dubayliklar Hamdamovni mavsum so‘nggiga qadar "Hatta" klubiga ijaraga bergandi.
"Paxtakor"ning "Instagram"dagi sahifasi Dostonni "sherlar" safiga qaytganini ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan, Hamdamov va "Al-Nasr" ikki tomonlama shartnomani bekor qilgan.
Fikrlar